
ey do'stim - doston ergashev lyrics
ey do’stim, tinglagin, bir so’z aytaman
bu so’zlar bo’g’zimni tirnab chiqadi
kim bilar, qay holda, qachon qaytaman
men o’lsam, bu qo’shiqni kim ham aytadi?
do’st bo’lib har doim o’ynadik, quvnadik
goh o’ksib dunyodan, to’yib yig’ladik
shoh bo’ldik, goh gado, lek ayrilmadik
men o’lsam, sen bilan kim do’st bo’ladi?
mana bu go’zallar buguncha sevadi
xohlasa ertaga tashlab ham ketadi
sensiz ham, mensiz ham umri o’tadi
men o’lsam, men bilan sevgim o’ladi
ey do’stim, tinglagin, bir so’z aytaman
bu so’zlar bo’g’zimni tirnab chiqadi
kim bilar, qay holda, qachon qaytaman
men o’lsam, bu qo’shiqni kim ham aytadi?
buguncha shirin so’z aytib turibdi
u boshqa bilan ham sevishib yuribdi
hozircha ichida o’ylab turibdi
men o’lsam, boshqani tanlab ketadi
ey do’stim, tinglagin, bir so’z aytaman
bu so’zlar bo’g’zimni tirnab chiqadi
kim bilar, qay holda, qachon qaytaman
men o’lsam, bu qo’shiqni kim ham aytadi?
vaqting oz, juda oz, do’stginam, ulgur
bu hayot sinovga ko’mib yuborar
olg’a yur, yiqilma, do’stginam, yugur
ortingdan shaytonlar quvalab borar
Random Song Lyrics :
- the fullness - seu worship lyrics
- american pharaoh - jase harley lyrics
- не помянет (will not remember) - sharon lyrics
- dip - saffehbeats lyrics
- electric eyes (ijwsy) - yves mathieu east lyrics
- primavera depressa - damnatus lyrics
- gains & goals - presi pros (buzworl) lyrics
- 50% - fuego9 lyrics
- the world is turning the wrong way - blaze bayley lyrics
- que amizade é essa? - mano walter lyrics