lirikcinta.com
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

zolim - konsta & boriy lyrics

Loading...

[«zolim» qoʻshigʻi matni ft. boriy]

[kirish: boriy]
sen meni qutqar oʻzimni oʻzimdan
agar sen ketsang, yolgʻizlik bu zindon

[koʻplet 1: konsta]
kunlarim bir qora, bir oq, bir umr kerakmas birrov
kechir, men oʻynadim gʻirrom, oʻzimga qildim ogʻirroq
senga «qutqar» deyman*u, oʻzim qilaman yakson
senga «yoʻqol» desam ham, iltimos, ketma, keraksan
kechir homush damlaringda baxting oʻgʻirladim oʻgʻridek
jahlda aqldan ozdim, oʻz fikrimni toʻgʻri deb
sevgini izlab, oʻzimni berganim boʻldi urush
yutdim bu urushni, lek seni koʻnglingni ogʻritib
agarda hammasi joyida boʻlganida koʻzlaringdan chiqmidi*ku yosh
bizni jannatmakon sohil muzladi (sovuq), endi chiqmidi quyosh
bor kuchim bilan qutqar deya baqiraman*u, senga esh*tilmidi goʻyo
har safar koʻzingdan yoshlar oqmasin, axir yetmidi boʻyoq
kunlarim bir qora, bir oq, lekin hammasida yonimdasan
bilmadim bu nechanchasi, lekin yana ber, agar imkonim boʻlsa
hattoki dunyo begona koʻringandayam yaqin insonim bu sen
meni oʻzimdan oʻzimni qutqar, axir eng zolim bu men

[naqarot: boriy]
sen meni qutqar oʻzimni oʻzimdan
agar sen ketsang, yolgʻizlik bu zindon
uzundan uzun yoʻllarimda
sen meni qutqar oʻzimni oʻzimdan
[koʻplet 2: konsta]
koʻz yoshingni art
biz hammaga namuna
ular koʻradi baxtingni
koʻrmaydi kamini
har doim ham bir xil boʻlmas ekan umr
sevishga vaqti yoʻqlarni zamoni
oʻzim bilan oʻzim kеlisholmay urishda
qop*qora bulutlar qopladi samoni
foyda yoʻq yurakka buyurishdan
malikasiz bu qasrda asirdek
barcha yutuqlarim ma’nosiz
oddiy kasallik ham davosiz
mazmunsiz yuraman oʻzim
yolgʻizlik kunlari juda ham uzun
men yana har doimgidek choʻkaman
sеn yana qutqarasan ja boʻlsa

[naqarot: boriy]
sen meni qutqar oʻzimni oʻzimdan
agar sen ketsang, yolgʻizlik bu zindon
uzundan uzun yoʻllarimda
sen meni qutqar oʻzimni oʻzimdan

[chiqish: boriy]
(oʻzimni oʻzimdan)
(oʻzimni oʻzimdan)
(oʻzimni oʻzimdan)
(oʻzimni oʻzimdan)

Random Song Lyrics :

Popular

Loading...