lirikcinta.com
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

asragin - konsta lyrics

Loading...

[«asragin» qoʻshigʻi matni]

[kirish]
asragin, panoh bergin oʻzimga
rezcaze on the track

[koʻplet 1]
yoʻlga otlanaman, yoʻlga otlanaman, ortda qolar ona shahrim
oyna ortidagi taqdirlarni tomosha qib
bu shaharda oʻtdi yoshligim begʻam, begʻubor (begʻam, begʻam)
yangi yillar ertaklardey, tizzagacha qor
oldinda nima kutadi noma’lum, tavakkal (noma’lum)
taqdir bilan birga*bir oʻzim, yakkama*yakka
men yolgʻiz emasman, mendaqalar million
endi ular ertaklarga ishonmaydi, yangi yili yoʻq (ishonmaydi)
yaxshiroq joy qayerda, biz yoʻq joylar yaxshi boʻlsa?
baxtni shetga ob kelardim, agar baxtni tashib boʻlsa (agar boʻlsa)
unutma adashib qolsam jonsiz binolarda
omadim keb yashab qolsam, xuddi kinolardek
qaytaman katta odam boʻlib, yoshlik chogʻim ketdi
qayerda boʻlsam ham qaytaman, bir oyogʻim shetda
bu eshik bir ochilsa, hech qachon yopilmaydi
pul topaman*u, lekin makon topilmaydi

[naqarot]
asragin, asragin, panoh bergin oʻzimga
ey hudo, sendan oʻzga yoʻq ishonganim
asragin, asragin, panoh bergin oʻzimga
ey hudo, sendan oʻzga yoʻq ishonganim
(tugʻilgan joying, oʻlan toʻsh*ging)
[koʻplet 2]
«tugʻilgan joying, oʻlan toʻsh*ging», — deydilar (deydilar)
kechir, ona shahrim, seni farzandlaring — daydilar (daydilar)
mirzachoʻlimdagi gulim, seni tushunmaydilar
maydalab seni oʻgʻirlar, maqsadlari — maydalar
ot yoki arslon haykallari? balki qilarslar salto?
undan koʻra bitib qolarmidi mahallam asfalti?
gulchalar, chiroqchalar, hey, gap yoʻq juda zoʻr
толком oʻzgarishlar yoʻq, doim bir xil кругозор
axir hammasi zoʻr edi qachondir shetta ham (esingdami?)
bollarni koʻpi bozorda edi*ku, chetda kam (esingdami?)
nimadir buzilib qoldi, buzilganda bitta koʻprik
shunda sindik, ha, shunda biz ham ketdik, ha
soat tungi uch, meni uyim — ofis
qaniydi hozir boʻlsa ayam bilan чашка кофе
kimdir пешка’ni bеrdi, qoldim kasriga
ota*onamni sogʻindim, robbim, asragin

[naqarot]
asragin, asragin, panoh bergin oʻzimga
ey hudo, sendan oʻzga yoʻq ishonganim
asragin, asragin, panoh bergin oʻzimga
ey hudo, sеndan oʻzga yoʻq ishonganim

[chiqish]
asragin, asragin, panoh bergin oʻzimga
ey hudo, sendan oʻzga yoʻq ishonganim
ey hudo, sendan oʻzga yoʻq ishonganim

Random Song Lyrics :

Popular

Loading...