dunyo - konsta lyrics
[«dunyo» qoʻshigʻi matni]
[koʻplet 1]
dunyo hammani oʻzgartirishga urinadi
odamlar qoʻldan kelgancha boy koʻrinadi
guruhlar, tabaqa, statuslarga boʻlinadi
qoʻshni och boʻlsayam, yangi iphoneʻga toʻlanadi
aytishlaricha, yulduzman, lekin yuraman piyoda
hayron qolishli joyi yoʻq, men ham oddiy odam
menga aytishadi: statusga toʻgʻri kelmidi
lekin insonni statussi aniq temirdan ziyoda
taksidan tushdim, «alpomish», «odamlar ucha olar»
farqi yoʻq tagingda nima uchish senga havola
dunyo ta’sir oʻtkazmoqchi, hamma seni davolar
hamma bir xil boʻb ketaversa kim tarixda qolar?
instagramda hamma narsa xuddi sotishga
motivatsion videolarni koʻrib yotishga
oʻqishingni tashla, bor kuchingni ot ishga
pulli тема boʻlsa boʻldi, hamma shunga yopishgan
[naqarot]
yoʻq, shart emas hamma bilan bir xil boʻlish
koʻp gapirma, ishlab uying uchun toʻla
toʻq boʻlsa nafs, hayoting boʻladi toʻla
oʻxshash emas, top oʻzingni yoʻling
yoʻq, shart emas hamma bilan bir xil boʻlish
koʻp gapirma, ishlab uying uchun toʻla
toʻq boʻlsa nafs, hayoting boʻladi toʻla
oʻxshash emas, top oʻzingni yoʻling
[koʻplet 2]
qoʻlimdagi soat, narxidan xabarim yoʻq
krassovkam butun, ortda qoldi yarim yoʻl
oʻxshidiymi, yoʻqmi, farqi yoʻq, yoqadi jarayon
ortimda qandeydir heyterlarmas, ortimda район
instagram baxtni просмотр’da hisobladi
sanab chiqishadi qancha begona bisotlarda
hamma yoʻllar har xil, qiyinchilik topiladi
qoʻlingdan nimalar keladi? xudo biladi
dunyo koʻrsatadi baxtni katta kapitalda
motivator senga yoqish uchun gapi dalda
insta boyda boymi instragrami kabi qalbi?
qoʻshiqlarda hamma yomon deydi xar bitta albom
[koʻprik]
aniq yaxshi, yomon yoʻq — hamma narsa nisbatan
juda katta somon yoʻl, biz bir nuqtamiz faqat
bir xil boʻlish shart emas, har xil hammamizda qalb
hamma narsa nisbatan, hamma narsa nisbatan
[naqarot]
yoʻq, shart emas hamma bilan bir xil boʻlish
koʻp gapirma, ishlab uying uchun toʻla
toʻq boʻlsa nafs, hayoting boʻladi toʻla
oʻxshash emas, top oʻzingni yoʻling
yoʻq, shart emas hamma bilan bir xil boʻlish
koʻp gapirma, ishlab uying uchun toʻla
toʻq boʻlsa nafs, hayoting boʻladi toʻla
oʻxshash emas, top oʻzingni yoʻling
Random Song Lyrics :
- the other side - berbel lyrics
- oh shit - moro lyrics
- raincloud (비구름) - ryu jeong woon (류정운) lyrics
- pikachu vs. onix - nosorious lyrics
- dagen efter - emil assergård lyrics
- mei des basst scho - chris cronauer lyrics
- lie - martin baltser lyrics
- beautiful tuffboy girls (blick blick) - rfe tuffboy lyrics
- zwaartekracht - snelle lyrics
- kitten garden - imagiczz lyrics