lirikcinta.com
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

qizim - konsta lyrics

Loading...

[«qizim» qoʻshigʻi matni]

[kirish: konsta, isfira & muslima rahmanova]
— isfira, «dada» deb qoʻy bitta. «dada» deb qoʻy bitta
— dada
— dada. allo, dada?
— da*da*da*da*da
re.m

[koʻplet 1: konsta]
dada keladi hozir
dada ishda charchasayam hammasiga rozi
dada sogʻingan ovozing
qovogʻi osilsayam oldingda boʻladi, nozik
dada keladi hozir
bulutlar qoplagan osmoni boʻladi toza
seni koʻtarganidan keyin, bagʻriga bosib
dada keladi xozir
kelding, hayotimni ikkiga boʻlib
sengacha u oʻzi boʻlganmi toʻliq?
uydan chiqishim bilanoq seni sogʻinaman
juda qisqa vaqt ichida oʻrganib qolib
ishda yurib, eslab kulishimga sabab
gaplaringga qoʻshilaman tushunmasamam
sen sababli kechalari uxlamasamam
uyqusirab baxtli yurishimga sababsan
qalbimni boʻlagi sen bilan doim — sansara
menga oʻxshab borayapsan kun oʻtgan sari
muhimmas endi bilganim*u, koʻrganlarim
sengacha koʻrgan baxtim boʻlgan yarim
kichkina qoʻllaring besonaqay, lekin
hech kim quchoqlay olmas unaqa
sengacha ham yashab yurgan edim*u
hozir sensiz hayotni mazmuni qani?
[naqarot: konsta & isfira]
sen aytasan: *di*i*i*. men aytaman: «jonim»
yumshoqroq qilding dunyoni
sen yana: *di*i*i*. kichkina xonim
baxtga toʻladi bu xona
sen aytasan: *di*i*i*. men aytaman: «jonim»
yumshoqroq qilding dunyoni
sen yana: *di*i*i*. kichkina xonim
senga bu juda osoni

[koʻplet 2: konsta]
sen qorongʻu hayotimda moʻjiza
dunyoni esh*tma agar desa «ojiza»
«esh*tma» deyishsa orzular ilojisiz
kimni qizisan, axir oʻzing yoʻlingni ochasan
dunyo xavfli koʻrinsa*da, u juda goʻzal
ayniqsa goʻzallik inson ichida boʻlsa
umid qilaman*ki, sen dunyoni kezasan
va sen bilan man doim, vujudim oʻzimni

[naqarot: konsta & isfira]
sen aytasan: *di*i*i*. men aytaman: «jonim»
yumshoqroq qilding dunyoni
sen yana: *di*i*i*. kichkina xonim
baxtga toʻladi bu xona
sen aytasan: *di*i*i*. men aytaman: «jonim»
yumshoqroq qilding dunyoni
sen yana: *di*i*i*. kichkina xonim
senga bu juda osoni
sen aytasan: *di*i*i*. men aytaman: «jonim»
yumshoqroq qilding dunyoni
sen yana: *di*i*i*. kichkina xonim
baxtga toʻladi bu xona
sen aytasan: *di*i*i*. men aytaman: «jonim»
yumshoqroq qilding dunyoni
sen yana: *di*i*i*. kichkina xonim
senga bu juda osoni

Random Song Lyrics :

Popular

Loading...