xoʻja koʻrsinga - konsta lyrics
[«xoʻja koʻrsinga» qoʻshigʻi matni]
[kirish]
d*mn, dupliciyo gone flex on that sh*t
ukajonim, maylimikan bitta latifa aytsam?
bu gaplarim boʻlar senga huddi motivatsiya
[koʻplet 1]
atrofingda gang (gang), toʻla boʻrilar
ular qoʻlingdagi kupyuraga moʻralar
dunyo qarashi keng (a*a), juda zoʻr ular
budjetga quriladi hovlilar*u soʻrilar
oʻzbegimni tarixidan bek*u toʻralar
hamma muammoni qildi hamma joyda oʻralab
jonkuyar obrazida lavozim soʻralar
lekin mansabi oshgani sari ovozi doʻrillar
xohlagancha yeng (a*a), zamonaviy banda
hech boʻmasa insof bilan olmas ekan olganda
yuksak mavzularda gapirsa, manaviy fanda
insoniylik koʻpayib qolmas ekan odamda
[naqarot]
xoʻja koʻrsinga, oʻtirguncha kursinga
aytchi, yana qancha*qancha kerakdir senga? (a)
xoʻja koʻrsinga, «shefim hursand boʻlsin»ga
astoydil ishlidi, uyga kirsa bir sumka (a)
xoʻja koʻrsinga, oʻtirguncha kursinga (soqqa)
aytchi, yana qancha*qancha kerakdir senga?
xoʻja koʻrsinga, «shefim hursand boʻlsin»ga
astoydil ishlidi, uyga kirsa bir sumka (soqqa)
[koʻplet 2]
uygʻonadi toy bola, hayolida vatani (soqqa)
hayol ogʻirlik qib joyda qoladi badani (soqqa)
kabinetda yashaydi, nok holatida tana (soqqa)
vatanni sevgani uchun oladi badalin (soqqa)
yoshlikda orzu qilgan u superqahramon (soqqa)
boʻlib olomonni olib ketar utopiya tomon (soqqa)
dunyoni qutqarib, qarsaklarga bahramand (soqqa)
qarsaklar qoldi*yu, lek oʻzgarish yoʻ hamon (soqqa)
ukajonim, endi mana qissadan hissa (soqqa)
boʻri goʻsht yemidi, boʻri kassadan qissa (soqqa)
hafa boʻlma millionlarni qilsa dangasa (soqqa)
karyerani vatanparvarlik hissidan yasab
[naqarot]
xoʻja koʻrsinga, oʻtirguncha kursinga
aytchi, yana qancha*qancha kerakdir senga? (a)
xoʻja koʻrsinga, «shefim hursand boʻlsin»ga
astoydil ishlidi, uyga kirsa bir sumka (a)
xoʻja koʻrsinga, oʻtirguncha kursinga (soqqa)
aytchi, yana qancha*qancha kerakdir senga? (a)
xoʻja koʻrsinga, «shefim hursand boʻlsin»ga
astoydil ishlidi, uyga kirsa bir sumka
[chiqish]
mana shunaqa latifa
balki kulgulimasdir, но bori shu
Random Song Lyrics :
- it's barthromew (intro) - barthromew lyrics
- baby gansta - future lyrics
- stem - jazicality lyrics
- epiphany (jin demo ver.) - bts lyrics
- orion - chester doom lyrics
- left us alone - feel estate lyrics
- camaro - ant saunders lyrics
- age of aggression - infinite illusion lyrics
- fluturi - vița de vie lyrics
- freedom's enemy - riot/clone lyrics