
ul qaro ko'z - muhammadjon karimov lyrics
ul qaro ko’z ko’zlariga surma bejo tortadur
balki andin dahr eli ortuqcha g’avg’o tortadur
qoshlari ostida go’yo ikki fatton ko’zlari
ikki hindubachchadurkim, yondashib yo tortadur
telbalanmish zulfini savdosidin devonalar
qayg’a borsa o’lturib yerg’a, chalipo tortadur
jon ila ko’ngul taloshur, ey sanam, dardu g’aming
birni sol ko’nglumg’akim, jon birni tanho tortadur
kokulingdin bo’y olgan bog’ning tuprog’idur
bog’bon sotmoqqa doim mushku soro tortadur
ne bilur yusufki, nozu husn ila mag’rurdur
ul qadarkim, ishq dardini zulayho tortadur
ishqni pinhon tutarg’a bo’lma shaydo, ey ko’ngul
mushk pinhon bo’lsa, bo’yi oshkora tortadur
charxi kajraftorning bir shevasidin dog’man
ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadur
sorig’ oltin kasrati ko’ngulni aylaydur qaro
chunki safro bo’lsa g’olib, o’zga savdo tortadur
bulhavaslar torta olmas, nozaninlar nozini
furqatiydek bekasu sho’rida, rasvo tortadur
Random Song Lyrics :
- gatito del peregrino - los manseros santiagueños lyrics
- dreams of you - the birthday massacre lyrics
- more to unfold - producekyro lyrics
- no school today (live) - hachurchillim - הצ’רצ’ילים lyrics
- the holocene termination - demonstealer lyrics
- el burrito sabanero - kidz bop kids lyrics
- k dat - simzlth lyrics
- einsiedler - lyricane lyrics
- heavens window - yonas lyrics
- связано два (related two) - hasta luvista lyrics