
alo ona - ozodbek nazarbekov lyrics
sog’inch yomon, qo’ymas omon
borolmayman ishdan ortib
erta debon, indin debon
vaqt umrimiz olar tortib
yuragingiz ohi menman
ko’nglingizning dog’i menman
kunduzingiz qaro qilgan
sochingizning oqi menman
alo, ona, onajonim
sog’inchingiz o’tdi jondan
lek bormoqqa yo’q imkonim
kuyinmang men notavondan
alo, ona, jonin onam
yuribman tog’ deya qirni
alo, ona, jonim onam
kechiring men bemehrni
parvonaman sal yilt etib
qaylardadir nur porlasa
borg*ydirman darrov yetib
olislardan yor chorlasa
siz ko’nasiz shu borimga
quvonchingiz aritdim men
mushtoq aylab diydorimga
ona, sizni qaritdim men
alo, ona, onajonim
sog’inchingiz o’tdi jondan
lek bormoqqa yo’q imkonim
kuyingmang men notavondan
alo, ona, jonim onam
yuribman tog’ deya qirni
alo, ona, jonim onam
kechiring men bemehrni
alo, ona, onajonim
sog’inchingiz o’tdi jondan
lek bormoqqa yo’q imkonim
kuyingmang men notavondan
alo, ona jonim onam
yuribman tog’ deya qirni
alo, ona, jonim onam
kechiring
Random Song Lyrics :
- vodkafyllda meloner - chad bogus lyrics
- i want - raproze lyrics
- tarnished - the avalanche diaries lyrics
- keep my cool - pokeyz lyrics
- männer - blond lyrics
- цензор (censor) - pharoz lyrics
- run - ultraflex lyrics
- la canción más bonita (feat, yek gamboa) - master monk zero lyrics
- volvo - ferbinho lyrics
- drill ar 4 - akim 88 lyrics