
hayot - tohir mahkamov lyrics
Loading...
hayot * o’rmon tulkisi
och bo’riga o’xshaydi
tiz cho’kib yo’lbarslari
najot so’rab yig’laydi
hayot * hayot, odamlar
goh odamga o’xshamas
xokisor qalb yig’laydi
yetim nolon to’xtamas
hayot * osmon yulduzi
armon deydi eskilar
shohni ham, gadoni ham
mehmon deydi eskilar
hayot * karvon uyasi
sahrodan suv so’raydi
sabrning kosasiga
o’rgimchak to’r o’raydi
hayot * sharob, quyilib
kayf yarmida tug*ydi
bag’irlar kabob bo’lib
kir ko’rada tutaydi
hayot * bevafo go’zal
hech kimga qilmas vafo
bandang bilib bandangni
asragin qodir, xudo
hayot * bekat, keladi
va ketadi qanchalar
kimdir mag’rur yashaydi
kimdir ostona yalar
hayot * achchiq haqiqat
u kimga ham yoqardi
haqni haq bilganlarning
go’rda sochi oqardi
Random Song Lyrics :
- raining - bobby lyrics
- 94b - nyke lyrics
- metamorfoza - emina lyrics
- p.u.t.a - l'omy lyrics
- malléable - mel (fra) lyrics
- forever - ben messing lyrics
- this is rock 'n' roll - john diva & the rockets of love lyrics
- 1426 - the december drive lyrics
- sisi eko (african baby) - kelvis lyrics
- sensação de liberdade - floco lyrics