
odatiy hol - tohir mahkamov lyrics
Loading...
odatiy hol * ko’z yoshim
yuvib ketar quvonchim
qo’ying menga ishonmang
oqlolmayman ishonchni
odatiy hol * omadim
kulmas mening sira ham
qo’ying, menga do’st bo’lmang
mening sodiq do’stim g’am
odatiy hol * uchrashib
kulib quchoq ocharlar
do’stga dardim aytmayman
aytmasimdan qocharlar
odatiy hol * ortimdan
g’iybat quvib yuradi
ichu bag’rim qon mening
ko’zim kulib turadi
odatiy hol * parishon
tunda shahar kezaman
demasangiz ham daydi
nigohlardan sezaman
odatiy hol * onamning
qo’li tolmas duodan
ko’nglimdagi yo rabbim
nima bo’lsa xudodan
odatiy hol * ko’z yoshim
yuvib ketar quvonchim
qo’ying menga ishonmang
oqlolmayman ishonchni
Random Song Lyrics :
- azul profundó - painful choice lyrics
- de ti (remix) - alex rose, jay wheeler & dalex lyrics
- skibidi - rockit music lyrics
- moli - el alfa & papa jeison lyrics
- смесь - armich lyrics
- лбтд (bdog) (dance remix) - кис-кис (kiskisnotdead) & turbosh lyrics
- deadlock! - crazy mano lyrics
- freakin out (shallow bullshit about my mental health) - commuted lyrics
- mi vida - pori lyrics
- rolling - ashbeck lyrics