
bekatlar - ulug'bek rahmatullayev lyrics
umr uzun yo’l, bekatlari mo’l,
biri nurafshon, birida soya.
navqiron do’stim, o’zing o’ylab ko’r:
senga qadrdon ne maqsad, g’oya?
bor shunday bekat, etguvchi sarson,
bekorchilarga manzil-u makon.
sen bu bekatda to’xtasang agar,
umring adog’i – afsus, pushaymon!
keyingi bekat ne bo’lar keyin?
ertangi hayot emasdir o’yin.
kamol topmasang o’qib, o’rganib,
keyin o’rningni topmog’ing qiyin.
bor shunday bekat – borlig’i yorug’,
ilm-u hunarga, hikmatga to’liq.
navqiron do’stim, senga shu yo’l mos,
qalbing to’rida maqsading ulug’.
yana bir bekat o’yinlar aro,
vaqtni boy berma, aldanma aslo.
qolib ketsang gar ushbu bekatda,
seni xorlikka etar mubtalo.
bor shunday bekat, etguvchi sarson,
bekorchilarga manzil-u makon.
sen bu bekatda to’xtasang agar,
umring adog’i – afsus, pushaymon.
keyingi bekat ne bo’lar keyin?
ertangi hayot emasdir o’yin.
kamol topmasang o’qib, o’rganib,
keyin o’rningni topmog’ing qiyin.
bor shunday bekat – borlig’i yorug’,
ilm-u hunarga, hikmatga to’liq.
navqiron do’stim, senga shu yo’l mos,
qalbing to’rida maqsading ulug’.
Random Song Lyrics :
- i miss you - jordan clayton lyrics
- everybody trippin - riff raff lyrics
- bad as me - lifestream lyrics
- giornata grigia - jeik lyrics
- groovin - teamtilique lyrics
- made you look - page kennedy lyrics
- mate9 fta7ed - mr wolf lyriciste lyrics
- tdne - moro lyrics
- prestus hood vendendo cocaína - prestus hood lyrics
- #swag parody - gibi lyrics