
qizalog'im - ulug'bek rahmatullayev lyrics
Loading...
erkatoyim, shirin, jon qizim,
senga boqsam, quvnar ko’zlarim.
qalbi nurli beg’uborginam,
meni o’ylar mehribonginam.
sevinchlarga to’lar yuragim,
dadajonim desang, oy qizim.
bo’ylaringdan o’zim aylanay,
dunyo g’amlarini unutay.
esingdami o’sha damlar, qizim?
tunlari senga ertak aytardim.
o’tib ketar ekan tez bu yillar,
ushalar ertakdagi orzular.
erkatoyim, shirin, jon qizim,
har qadamda seni o’yladim.
termulib qolarding yo’limga,
yomg’ir tomchilardi ko’nglimga.
bag’rimdagi bahoriy gulim,
tongda seni uyg’otib o’zim,
derdim: qara, mayin qor yog’ar,
tun o’tar, ertak davom etar.
esingdami o’sha damlar, qizim?
tunlari senga ertak aytardim.
o’tib ketar ekan tez bu yillar,
ushalar ertakdagi orzular.
Random Song Lyrics :
- jackson* - 1pliké140 lyrics
- alive (stretched out on the observation deck) - louis weeks lyrics
- off the top - tee grizzley lyrics
- oasis - vernessa mitchell lyrics
- mister / nettie e o lírio do campo - artur xexéo lyrics
- all day i dream of disolving - lonely ghosts lyrics
- hope left in you - yung tarrio lyrics
- alone - revo marty lyrics
- karalım - aşkın nur yengi lyrics
- the only man in the sky - sashavande lyrics