lirikcinta.com
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

lirik lagu ota-onam – dildora niyozova

Loading...

bugun yana bahorlarga yalindim,
umr degan anhorlarga yalindim,
soniya-yu misqollarga yalindim,

tez qaritib qo’ymang otam-onamni deb.
yuzlarida ajin degan dog’ ko’rindi,
sochlarida buncha erta oq ko’rindi,
xayollarim har tomonga qoq bo’lindi,
tez qaritib qo’ymang otam-onamni deb.
umr shuncha tez o’tibdimi,
keksalik qo’lin tutibdimi,
ko’nglim armonga to’libdimi,
ota-onam qaribdimi?
xazonlarga to’lmay turing bog’larim-ey,
yuzimga chang solmay turing dog’larim-ey,
shoshmay turing, ey siz, baxtli chog’larim-ey,
tez qaritib qo’ymang otam-onamni deb.
bugun yana havotirga chalindim,
umid bilan armonlarga tanildim,
karami keng osmonlarga yalindim,
tez qaritib qo’ymang otam-onamni deb.
umr shuncha tez o’tibdimi,
keksalik qo’lin tutibdimi,
ko’nglim armonga to’libdimi,
ota-onam qaribdimi?
ko’ngil qushi kezsaydim ko’p olam derkan,
xofiz qani zo’r bo’lsaydi nolam derkan,
ota-ona o’lgunicha bolam derkan,
ayting, do’stlar farzand qachon
otam derkan, onam derkan?

lirik lagu lainnya :

YANG LAGI NGE-TRENDS...

Loading...