lirikcinta.com
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

lirik lagu odamlar nima deydi? – konsta

Loading...

[konsta]:
odamlar nima deydi?
o’zingni bosvol!
hammaga o’xsha! yig’ishtir!
qanaqa музыка? qanaqa san’at?
muhimroq hammadan o’qishing!
odamlar nima deydi?
katta bo’pqoldingku, qachonga to’y endi?
qanaqa ish?! karyerangni qo’y endi
shu yoshdayam endi
qanaqa o’yin bu? e!
yig’ishtir tepishni koptok
qanaqa futbolist? ishingni top давай!
qanaqa boks? qanaqa kurash?
shunchasi chempion bo’p qoptimi?
odamlar nima deydi?
bu yil ham bolasi o’qishdan qoptimi?
senga shuncha umrimni yo’qotib
natijasiga men shuni topdimmi?
odamlar nima deydi?
indama! gapirma! ko’tarma boshni!
qattan bo’sayam topish kere to’yga!
nima deydi qo’ni qo’shni? zo’r qil oshni!
odamlar nima deydi?
tengdoshmi? kelin qimiman sinfdoshni!
odamlar nima deydi?
qilma ko’z yoshlar!
qizim joyingda qolgin toshday!
indama! gapirma! urushsa, ichsa
o’tib ketadi, hali sevadi, vaqt o’tadi
farzand bo’gandan keyin o’zgaradi
qaytib kema qizim! gap so’zlar keremas!
nima deysan endi?! hayot shundayda
joninga qasd?! nima qilganing bu?!
odamlar nima deydi?!

[konsta]:
odamlar nima desa, desin! yashaylik!
chin dildan kulib samimiy gaplashaylik!
odamlar nima desa desin, tashaylik!
qo’rqishni, o’ylashni, yashashni boshlaylik!
odamlar nima desa, desin yashaylik!
chin dildan kulib, samimiy gaplashaylik!
odamlar nima desa, desin tashaylik!
qo’rqishni, o’ylashni, yashashni boshlaylik!

[timur alixonov]:
haaa..
odamlar nima deganidi?
yaqinlar xuddi begonadek!
ishing bu o’yin, jiddiy emassan!
qo’llab quvvatlagan kam edi
odamlar nima deganidi?
axir ular biladigan edi!
sen o’zingni yo’lingni izlab qiynalasan
battar qiladi yanada. ouu
lekin menga farqi yo’q
biz tomonda ham chiqar quyosh!
ko’rsatmasdan ko’zlarda yosh!
yiqilsang tepadiganlar tayyor!
har kuni top! motivatsiya, tur!
yomg’ir ostida taksi tut
metro, institut, stipendiya kut!
hammasi bo’ladi good
yurakda bo’lsa orzu*u!
barcha gap so’zlar ortda qolar
unga yetganda bir zuum!
o’zgaradi mavzu, erishganda!
o’shanda odamlar nima degandi?
endi muhimmas uuu
endi muhimmas uuu!
[konsta & timur alixonov]:
odamlar nima deydi?
hayotingni ulardan uzoqda qur!
odamlar nima deydi?
ko’p o’ylasang, demak bo’ladi haq u!
odamlar nima deydi?
deb o’ylasang, yashamaganing ma’qul!
odamlar har doim nimadur deydi!
sen bu gaplarga bo’lma qul!

[konsta]:
odamlar nima desa, desin! yashaylik!
chin dildan kulib samimiy gaplashaylik!
odamlar nima desa desin, tashaylik!
qo’rqishni, o’ylashni, yashashni boshlaylik!
odamlar nima desa, desin yashaylik!
chin dildan kulib, samimiy gaplashaylik!
odamlar nima desa, desin tashaylik!
qo’rqishni, o’ylashni, yashashni boshlaylik!

lirik lagu lainnya :

YANG LAGI NGE-TRENDS...

Loading...