lirikcinta.com
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

lirik lagu shifokorlar – otabek muhammadzohid

Loading...

oftob nur sochar yuzlaringizdan
asal, bol tomar so’zlaringizdan
mehr tovlanar ko’zlaringizdan
jonlarga jonlar siz, shifokorlar

avlodlarisiz ibn sinoning
tabiblar piri, buyuk dahoning
suyganlarisiz qodir xudoning
jonlarga jonlar siz, shifokorlar

jonlarga jonlar, dardga darmonlar
jonlarga jonlar, dardga darmonlar
aziz boshingiz bo’lsin omonlar
jon shifokorlar
oppoq libosli umri fidolar
mehrigiyosiz nurli siymolar
bemor qalbida cheksiz duolar
qalbi ummonlar siz, shifokorlar

shifolar topdim qo’llaringizda
chamanlar kulsin yuzlaringizda
ko’rmadim g’ubor so’zlaringizda
shirin zabonlar siz, shifokorlar

jonlarga jonlar, dardga darmonlar
jonlarga jonlar, dardga darmonlar
aziz boshingiz bo’lsin omonlar
jon shifokorlar

qalbi ummonlar, shirin zabonlar
qalbi ummonlar, shirin zabonlar
aziz boshingiz bo’lsin omonlar
jon shifokorlar, jon shifokorlar

lirik lagu lainnya :

YANG LAGI NGE-TRENDS...

Loading...