lirikcinta.com
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

lirik lagu o’zbegim – sherali jo’rayev

Loading...

o’zbegim lyrics
tarixingdir ming asrlar
ichra pinhon, o’zbegim
tarixingdir ming asrlar
ichra pinhon, o’zbegim
senga tengdosh pomiru
oqsoch tiyonshon, o’zbegim

so’ylasin afrosiyobu
so’ylasin o’rxun xati
ko’hna tarix shodasida
bitta marjon, o’zbegim

al*beruniy, al*xorazmiy
al*farob avlodidan
asli nasli balki o’zluq
balki tarxon, o’zbegim

qaysari rum nayzasidan
bag’rida dog’ uzra dog’
chingizu botu tig’iga
ko’ksi qalqon, o’zbegim

chingizu botu tig’iga
ko’ksi qalqon, o’zbegim

tuzdiyu mirzo ulug’bek
ko’ragoniy jadvalin
sirli osmon toqiga ilk
qo’ydi narvon, o’zbegim

mir alisher na’rasiga
aks*sado berdi jahon
she’riyat mulkida bo’ldi
shohu sulton, o’zbegim

mirzo bobur * sen, fig’oning
olam uzra soldi o’t
shoh mashrab qoni senda
urdi tug’yon, o’zbegim
shoh mashrab qoni senda
urdi tug’yon, o’zbegim

ortda qoldi ko’hna tarix
ortda qoldi dard, sitam
ortda qoldi ko’hna tarix
ortda qoldi dard, sitam
ketdi vahming, bitdi zahming
topdi darmon, o’zbegim
ketdi vahming, bitdi zahming
topdi darmon, o’zbegim

qayga borsam, boshda do’ppim
g’oz yurarman gerdayib
qayga borsang, boshda do’pping
g’oz yurarsan gerdayib
olam uzra nomi ketgan
o’zbekiston, o’zbegim
olam uzra nomi ketgan
o’zbekiston, o’zbegim
menga pushkin bir jahonu
menga bayron bir jahon
lek navoiydek bobom bor
ko’ksi osmon, o’zbegim
lek navoiydek bobom bor
ko’ksi osmon, o’zbegim

bo’ldi osmoning charog’on
to’le xurshidi bilan
bo’ldi asriy tiyra shoming
shu’la afshon, o’zbegim

madh etarman, ona yurtim
ko’kragimni tog’ qilib
ko’ksida tog’lar ko’targan
tanti dehqon, o’zbegim
ko’ksida tog’lar ko’targan
usta dehqon, o’zbegim

o’zbegim, deb keng jahonga
ne uchun madh etmayin
o’zligim bilmoqqa davrim
berdi imkon, o’zbegim

men buyuk yurt o’g’lidurman
men bashar farzandiman
lekin avval senga bo’lsam
sodiq o’g’lon, o’zbegim
bu qasidam senga, xalqim
oq sutu tuz hurmati
erkin o’g’lingman, qabul et
o’zbegim, jon o’zbegim
bu qasidam senga, xalqim
oq sutu tuz hurmati
erkin o’g’lingman, qabul et
o’zbegim, jon o’zbegim
erkin o’g’lingman, qabul et
o’zbegim, jon o’zbegim

lirik lagu lainnya :

YANG LAGI NGE-TRENDS...

Loading...